Skip to Content

Ma’lumotlar tuzilmalari va algoritmlar

Algoritmlar shunchaki intervyu uchun emas — ular “qaysi yechim tez, qaysi biri xotira yeydi” degan hissni beradi. Quyida fundament (kitoblar) va amaliyot (platformalar) uchun manbalar.

Saytimizda algoritmlar bo’yicha alohida DSA bo’limi ham bor — Go’dagi tuzilmalar va algoritmlarni amalda ko’rish uchun avval o’sha yerga qarang, bu sahifa esa tashqi manbalar to’plami.

Amaliyot (avval shulardan)

  • NeetCode  — mavzu bo’yicha guruhlangan masalalar (NeetCode 150) va tushunarli video yechimlar; tayyorgarlikning eng samarali yo’li.
  • LeetCode  — masalalar ombori va intervyu tayyorgarligining de-fakto standarti; NeetCode ro’yxati bo’ylab tanlab yeching.

Kitoblar

Go bilan

  • TheAlgorithms/Go  — klassik algoritmlarning Go’dagi ochiq kodli to’plami; kitoblardagi misollarni Go’da qayta yozib mustahkamlang.

Yo’nalish: Grokking Algorithms bilan qo’rquvni yenging, NeetCode 150 bilan mashq qiling, Skiena bilan chuqurlashing, CLRS’ni ma’lumotnoma sifatida saqlang.

Last updated on