Skip to Content

For Loop

Go’da bitta yagona loop bor — for. Boshqa tillardagi while va do-while ni ham Go’da shu bitta for bilan yozamiz.

1. Shartli loop (while kabi)

i := 1 for i <= 3 { fmt.Println(i) i = i + 1 }

Shart true bo’lib turgan ekan, loop davom etaveradi — xuddi while singari.

2. Standart for loop

for j := 0; j < 3; j++ { fmt.Println(j) }

Uch qismdan iborat: boshlang’ich qiymat; shart; har iteratsiya oxirida bajariladigan qadam.

3. Range bilan

for i := range 3 { fmt.Println("range", i) }

0 dan 3 gacha aylanadi — 3 ning o’zi kirmaydi, ya’ni jami uch marta.

4. Cheksiz loop

for { fmt.Println("loop") break // break to'xtatish uchun }

Shartsiz for — to’xtovsiz aylanaveradi. Uni break yoki return bilan to’xtatamiz.

5. Continue

for n := range 6 { if n%2 == 0 { continue // juft sonlarni o'tkazib yuborish } fmt.Println(n) }

continue joriy iteratsiyani tashlab, to’g’ri keyingisiga o’tadi.

To’liq misol

for.go
package main import "fmt" func main() { i := 1 for i <= 3 { fmt.Println(i) i = i + 1 } for j := 0; j < 3; j++ { fmt.Println(j) } for i := range 3 { fmt.Println("range", i) } for { fmt.Println("loop") break } for n := range 6 { if n%2 == 0 { continue } fmt.Println(n) } }

Natija:

$ go run for.go 1 2 3 0 1 2 range 0 range 1 range 2 loop 1 3 5
Last updated on