Skip to Content
AsoslarHello World

Hello World Loyihasi

Keling, birinchi dasturimizni yozamiz — oddiygina Hello World.

hello-world.go
package main import "fmt" func main() { fmt.Println("hello world") }

Bu kodni .go kengaytmasi bilan saqlang, masalan hello-world.go yoki main.go.

Ishga tushiramiz:

$ go run hello-world.go hello world

Kompilyatsiya qilish

Ba’zan dasturni alohida ishga tushiriladigan fayl qilib saqlash kerak bo’ladi. Buning uchun go build ishlatamiz:

$ go build hello-world.go $ ls hello-world hello-world.go

Endi hosil bo’lgan faylni to’g’ridan-to’g’ri ishga tushirsak bo’ladi:

$ ./hello-world hello world

Mana, Go dasturlarini ishga tushirish va kompilyatsiya qilishni ko’rib chiqdik. Keyingi qismda Go’ning ma’lumot turlari bilan tanishamiz.

Last updated on