Skip to Content
AsoslarQiymatlar

Ma’lumot turlari va qiymatlar

Go’da bir nechta ma’lumot turi bor: string, butun son, float, boolean va boshqalar.

String — matnli ma’lumot. Stringlarni + bilan bir-biriga ulash mumkin. String doimo "" yoki ` ` ichida yoziladi.

Butun sonlar — oddiy raqamlar: 1, 2, 100, -5.

Float — kasrli sonlar: 3.14, 7.0, -2.5.

Boolean — mantiqiy qiymatlar: true yoki false. Ular ustida && (va), || (yoki), ! (inkor) operatorlarini qo’llash mumkin.

values.go
package main import "fmt" func main() { fmt.Println("go" + "lang") fmt.Println("1+1 =", 1+1) fmt.Println("7.0/3.0 =", 7.0/3.0) fmt.Println(true && false) fmt.Println(true || false) fmt.Println(!true) }

Natija:

$ go run values.go golang 1+1 = 2 7.0/3.0 = 2.3333333333333335 false true false
Last updated on